Janubiy Koreyadamiz.
Daejin Universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladik:
Bitiruvchilarga grantlar, maktabimizga kimyo labaratoriyasi, exchange, camps va boshqalar😊
ALLOH Ta’olo xayrli qilsin
Yaxshi niyat
Daejin Universiteti 1991-yilda ochilgan ekan. 33 yilda ko’p narsalarga erishishgan. Katta investitsiya qilingan.
Biz endi 3 ga kiryapmiz.😊
Unaqa katta pulimiz ham yo’q. Yaxshi jamoa va yaqinlarimizning ishonchi asosiy investitsiyamiz.😊
ALLOH yetkazar.😊
Xalqaro Hamkorlik
Kuni kecha Korea Lift College va Yuksalish maktablari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ish vaqti tugashiga qaramasdan, soat 23:00 gacha ehtirom qilib, bizlarga alohida e’tibor qilgan muhtaram rektor va jamoaga tashakkurlar izhor qilamiz.
Elmurod Haqnazarovni o’z ustida doim ishlaydigan, Ustozlari etagini mahkam ushlagan va ko’pgina san’atkorlardan farqli ravishda muntazam kitob o’qiydigan inson sifatida hurmat qilaman.
Konsertlari davomida tomoshabinlar boshida milliy do’ppimizni ko’rib xursand bo’ldik.