Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile
Erkinjon Karimov

@logoscience2016

Just a mathematician

ID: 711917184218505216

calendar_today21-03-2016 14:07:38

5,5K Tweet

1,1K Followers

414 Following

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Okulistga kirdim, shohpardaga nimadir sanchilib qolibdi. Darrov olib, kerakli dorilarni yozib berdi. Yosh yigit, izlanib o‘sishi kerak. Oylik kam, o‘z ustida ishlashi uchun mablag‘ kerak. Ko‘ngildan chiqarib berganimga achinmadim. Tizim nosozligi zarbasini yengillatgandekman.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Gapim o‘tadigan yosh olimlarga erkin boplishni, xalqaro miqyosda ilm qilishga intilishni targ'ib qilaman. Hukumatning ilm-fan sohalaridagi islohotlariga zarracha ta'sir ko‘rsata olmayotganimdan afsusdaman.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Muhandislikka e'tibor qaratish to‘g‘ri yo‘nalish edi. Lekin "muhandislik maktabi" kabi o‘zimizga xos yondoshuv bilan resurs va vaqtni boy beryapmiz. Islohotni shoshmasdan, yaxshi o‘ylab amalga oshirish kerak. Mirziyoyev komandasining asosiy ayblaridan biri noreal vaqt berish.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Shanbalik kommunistlardan qolgan illat. Boshqa boshqaruv tizimini tan olmaydigan amaldorlarimiz bu an'anani sharaf bilan davom ettirmoqda. Milliy hasharimizga bog‘lashadi yana, ifloslar. Eskisidayam, yangisidayam o‘zgarmadi aksariyat amaldorlar. Borimiz shu chog‘i :(

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

"Prezident boshqaruv akademiyasi"da qaror qabul qilish borasidagi kurslarni matematik hamkasblar o‘tishgan. Juda foydali malakalar beriladi deyishgandi. Shunday malakaga ega bo‘lgan kadrlar nega o‘zini ko‘rsata olmayapti degan ritorik savol hozircha javobsiz.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Maktablarga ishga joylashish 500 $ degan gapni eshitdim. Shu sababdan ham 0.25, 0.5 stavkada ishlovchilar ko‘paygan. Ayollar bunga ko‘naveradi, chunki aksariyati oilaning asosiy boquvchisi emas. O‘qituvchilarning umumiy soni kattalashib, sifati tushib boraveradi. Yechim qayerda?

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Amaldorlarning standart gapi shu- "Aytish oson qilish qiyin". Aytganini qilaman deganni esa tizimga yaqinlashtirmaydi. Ta'lim tizimidagi hozirgi mas'ul shaxslar, tizimni botqoqqa botirayotganingiz uchun javob berishga tayyor turing. Buyoqda bo‘lmasa uyoqda javob berasiz.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Paxtadagi majburiy mehnatni yo‘qotdik deb ko‘krakka urish sharmandalik, aslo qahramonlik emas. Bu yangi prezident to‘xtatishi shart bo‘lgan ayanchli holat edi. Sektor (qutulganimiz rost bo‘lsin), klaster degan balolarni o‘ylab topilishi xato edi. Qahramon prezident hali krlmadi.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Yaxshi suhbat bo‘libdi. Lekin jurnalistikadagi ayollarning roli borasidagi fikrlariga qo‘shilmadim. youtu.be/3IIY_OtTOnw?si…

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Macbookairga suv to‘kilib ishlamay qoldi. Bir firmaga borsam eshagidan to‘qimi qimmatga tushadigan qilib narx aytdi. O‘zim kalla qo‘yaman shekilli. Kamida sdd sidan ma'lumotni olvolsam bo‘ldi. Qolgani asta bo‘ladi. 5 yulduzli ochqich va sdd sidan usbga uzatadigan adapter kerak.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

1) 12 yillik kerkamidi? Ha! 2) Oliy ta'lim va fan boshqaruviga yangi qon kerakmidi? Ha! 3) Kasbiy ta'limdagi yangi islohot to‘g‘rimi? Yo‘q! 4) Tabaqalangan ta'lim qopllovi kengaysinmi? Yo‘q! 5) Yoshlarning bo‘sh vaqti nazoratga olinsinmi? Bu tarzda emas, albatta.

Erkinjon Karimov (@logoscience2016) 's Twitter Profile Photo

Yangi vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyevni yaxshi shoir, inson sifatida bilaman. Maslahatchilik paytida tizimni yaxshi o‘rgangan degan yaxshi gumonda samarali islohotlar kutib qolaman. Ishqilib, uyam "choy damlaydigan jin" statusiga tushib qolmasinda.