2 yil oldin Twitterdan bir twitim sabab ommaviy xeyt qilinib chiqib ketganman. O'shanda fikrim to'g'ri, menga xeyt yozganlarning bari d.b (lekin ba'zilari rostmana d.b men uchun haliyam :) degan tafakkurda alamzada bo'lganman. Lekin hozir o'sha twitim uchun afsuslanaman.
Astanovkada 21 ni kutib turuvdim. Bir paytda ikkalasi keldi. Ikkalasida ham odam bor, ikkalasi ham eshikni ochdi. Qaysiga chiqsam ekan deb ikkilanib turganimda, ikkalasiyam ketvordi.
Xulosa: Intervalni janazasiga shoshyapti shekilli
Bugun ertalab Yandeks taksida barsetkam qobketganakan. Qobketganini bilishim bilan, umuman sarosimaga tushmadim, telefon qildim, taksiyam 10 daqiqada obkeberdi, olgan klientiyam, oborbering birinchi debdi, xullas hammasi silliq kechdi. Shunaqa bo'lsa ekan hamma )
O'zb-Qatar o'yini uchun biletlarni Iticketda chiqarib, bitta odamga 4 ta olish mumkin, har bir odam passport bilan kiritiladi, boshqa shaxs ushbu chipta bilan kira olmaydi deyish mumkin edi. Afsuski, bu haqiqiy olibsotarlikka qarshi kurash bo’lib qolardi...
O'g'limning tug'ilgan kuniga oz qoldi. Nima qilsak, u xursand bo'lishi mumkin? 2 yoshingizga qaytib qolganingizda, tug'ilgan kuningizni qanday nishonlab berishlarini istagan bo'lardingiz?
Bir narsadan xursandman. Hamma birlashdi: o'qimishliyam, johilam, boyam, kambag'alam, dindoram, dinsizam, siyosatdan noroziyam, siyosatdan norozidan noroziyam, qishloqligam, shaharligam. Hamma. Shu narsa doimiy bo'lsin. Hamma masalada. Vatan hammamizniki. Hammamiz yaxshi ko'ramiz